Hamma joyda formula
Miqdor, narx, summa, bo‘lim va ИТОГО jamlari — sonlar qotib qolmaydi. Excel’da hajmni almashtiring, barcha bog‘liq hisoblar yangilanadi.
=SUM(H19:H324)ABC4 yoki TN qurilish smetasini bering. PTO.uz siz uchun formulasigacha bog‘langan, tekshirishga tayyor Ф2 formasini yaratadi.
Ф2 — tayyor hisob-kitob
•••
=G19×F19✓Hisob-kitob — sizning nazoratingizda. Natijani Excel’da xohlagan paytingiz tekshiring va o‘zgartiring.
ABC4TN qurilishWindows 10/11DGU 68333Qo‘lda ko‘chirish, mos kelmagan narxlarni qidirish va qayta hisoblash o‘rniga dastur takrorlanuvchi ishni bajaradi. Siz esa natijani tekshirasiz.
Miqdor, narx, summa, bo‘lim va ИТОГО jamlari — sonlar qotib qolmaydi. Excel’da hajmni almashtiring, barcha bog‘liq hisoblar yangilanadi.
=SUM(H19:H324)Natija doimo yangi faylga saqlanadi. Turli variantlarni bemalol tekshirishingiz mumkin.
Kod bo‘sh bo‘lsa ham nom bo‘yicha topadi, o‘lchov birligini solishtiradi.
Materiallar ro‘yxati bo‘limlarga ajratilib, Ф2 bilan bog‘langan holda tayyorlanadi.
Sentabr yangilanishlari: butun papka uchun Ф2, Акт скрытых работ, tender oфертаси va varaq nomiga bog‘liq bo‘lmagan fayl tanish.
АКТ tabida smetadagi ishlar ro‘yxati chiqadi. Kerakli ishlarni belgilang — har biri alohida sahifada akt bo‘ladi: materiallar smetadan olinadi, keyingi ish nomi «последующие работы» qatoriga o‘zi tushadi. Komissiya bir marta yoziladi va eslab qolinadi.
ШНК 3.01.01-22Papkani ko‘rsating: har bir smeta uchun alohida Ф2. Avval nechta fayl topilgani aytiladi, siz tasdiqlaysiz — natijalar har fayl yonida saqlanadi.
Narxsiz _ЛРВ dan to‘liq _РС tuziladi: narxlar katalog bazasidan, topilmaganini o‘zingiz tanlaysiz — dastur eslab qoladi.
«Лист1» / «Лист2» bo‘lsa ham smetani sarlavhasidan taniydi. ABC4 va TN qurilish — ikkalasi ham, papka rejimida ham.
O‘zbek (kirill va lotin) hamda rus tili; yorug‘ va qorong‘i mavzu. Excel o‘rnatilmagan kompyuterda ham ishlaydi.
Murakkab sozlamalar yo‘q. Ishingizni tez boshlash uchun faqat kerakli narsalar qoldirilgan.
Faylni oynaga tashlang yoki kerakli papkani ko‘rsating. Format avtomatik aniqlanadi.
Dastur narxlarni solishtiradi, formulalarni joylaydi va bo‘limlarni hisobga oladi.
Tayyor hujjat alohida fayl sifatida saqlanadi. Tekshiring, davom ettiring yoki yuboring.
Quyidagi skrinshotlar maket emas — haqiqiy smetadan yaratilgan natijalar. Kerakli ko‘rinishni tanlang.
Har bir summa formuladan olinadi. Formula satrida =G19×F19 kabi bog‘lanishlarni ochib tekshirishingiz mumkin.
Har bir yangilanish o‘rnatilgan dasturda o‘zi paydo bo‘ladi: yangi MSI ni ustidan o‘rnatasiz, litsenziya va sozlamalar joyida qoladi.
«_ЛРВ» / «_РС» nomli varaq topilmasa, dastur uni sarlavhasidan taniydi — «ЛОКАЛЬНАЯ РЕСУРСНАЯ ВЕДОМОСТЬ» va «ЛОКАЛЬНЫЙ РЕСУРСНЫЙ СМЕТНЫЙ РАСЧЕТ» (odatda C5 katak). ABC4 va TN qurilish uchun ham.
Yangi tab: smetadagi ishlar ro‘yxati, har ishning materiallari, keyingi ish zanjiri, komissiya rekvizitlari. Natija — Word fayl, har akt alohida sahifada. Bitta fayl — litsenziyadan bitta hujjat.
Papkadagi (va ichki papkalardagi) barcha smetalar uchun bir yo‘la Ф2. Avval nechta fayl topilgani va nechta Ф2 tayyorlanishi aytiladi; litsenziya yetmasa — qolgan limit bilan davom etish yoki bekor qilish taklif qilinadi.
Yangi versiya bilan kelgan katalog bazasi avtomatik almashadi, siz kiritgan narxlar saqlanib qoladi. Narx tanlash oynasida «Каталогдан / Қўлда» filtri.
Оферта uchun kataloglar MSI bilan birga keladi — Excel yoki PDF kataloglarni ochish shart emas. Qo‘lda kiritilgan narxlar keyingi smetada o‘zi taklif qilinadi.
123 mingdan ortiq resurs kodi, kod va nom mosligini tekshirish, oфертада narx tanlash oynasi: topilmagan yoki bir necha narxli resurslarni bir joyda hal qilasiz.
Tablar, yorug‘ va qorong‘i mavzu. ОФЕРТА tabi: narxsiz tender smetasidan (_ЛРВ) to‘liq _РС tuziladi, narxlar katalogdan qo‘yiladi, topilmaganlari qizil bo‘sh qoladi. НАСТРОЙКА: kataloglarni ulash.
PTO-UZ — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan dastur. Quyidagi guvohnomaning asl PDF nusxasini ochib, undagi QR kod orqali tekshirishingiz mumkin.
Obuna va muddat yo‘q. Sotib olingan hujjatlar tugaguncha — cheksiz paketda esa umuman cheklovsiz — ishlataverasiz.
Boshlash uchun
$50
bittasi $1.00
Sotib olishDoimiy ish uchun
$100
bittasi $0.83
Sotib olish →Cheksiz ish uchun
$300
hujjat sanalmaydi
Sotib olishKerakli hajm boshqachami? 300 yoki 5 000 ta hujjat, bo‘lib to‘lash yoki boshqa shart uchun bog‘laning — sizga mos variantni taklif qilamiz. Paket uchun arizani onlayn kabinetdan ham yuborsangiz bo‘ladi: arizani ko‘rib, o‘zimiz bog‘lanamiz.
app.pto.uz — PTO.uz’ning veb kabineti. Ro‘yxatdan o‘tasiz, paket olasiz, smetani yuklaysiz va tayyor Ф2 ni o‘sha yerdan yuklab olasiz. Fayl serverda saqlanmaydi: hujjat tayyor bo‘lgach o‘chiriladi.
Hisob — bitta. Balans veb kabinetda ham, Windows dasturida ham bir xil: dastur shu hisobga ulanadi va hujjatlarni shu balansdan sarflaydi.
Birinchi 15 ta Ф2 bepul. Karta kerak emas, ro‘yxatdan o‘tish kerak emas. Yoqsa, kompyuter kodingiz orqali kalit olasiz.
Windows uchun yuklab olish ↓Windows 10/11 · 64-bit · ~59.3 MB · Qo‘shimcha dastur talab qilinmaydi · versiya 1.23.1Yana savolingiz qolsa, pastdagi raqamlardan bog‘laning. Javob beramiz.
Yo‘q. Dastur asl faylni o‘zgartirmaydi — natija doimo yangi faylga saqlanadi.
Narx va summa kataklari bo‘sh qoldiriladi, shu qatorlar alohida .txt ro‘yxatga yoziladi. Taxminiy son kiritilmaydi.
Qo‘llab-quvvatlanadi: narxlar G ustunida bo‘lsa, dastur formulalarni qo‘yib hisoblab beradi.
Ha. «Папкадаги ҲАММА файллар учун Ф2» belgisini yoqib papkani ko‘rsating: dastur nechta smeta topganini aytadi, tasdiqlaganingizdan keyin har biri uchun alohida Ф2 tayyorlaydi. Har bir saqlangan Ф2 — bitta hujjat.
АКТ tabida smetadagi ishlarni belgilaysiz — barchasi bitta Word faylga, har akt alohida sahifada yoziladi. Ichida nechta akt bo‘lishidan qat’i nazar, bitta fayl litsenziyadan bitta hujjat sarflaydi.
Kalit kompyuteringizga bog‘lanadi va sotib olingan hujjatlar soni tugaguncha muddatasiz ishlaydi.
Windows dasturi to‘liq kompyuteringizda ishlaydi. Smeta fayllaringiz hech qayerga yuborilmaydi. Kalit bilan ishlaganda internet umuman kerak emas; onlayn hisobga ulangan bo‘lsangiz, dastur balansni vaqti-vaqti bilan tekshiradi — internet uzilsa, oxirgi balansdan ishlashda davom etadi.
Qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali yozing. Kompyuter kodingizni yuborsangiz, kalitni o‘sha kuni tayyorlab beramiz.